{"id":5866,"date":"2021-10-25T05:46:29","date_gmt":"2021-10-25T02:46:29","guid":{"rendered":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/?page_id=5866"},"modified":"2021-10-25T05:52:22","modified_gmt":"2021-10-25T02:52:22","slug":"elementor-5866","status":"publish","type":"page","link":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/?page_id=5866","title":{"rendered":"Mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"\t\t<div data-elementor-type=\"wp-page\" data-elementor-id=\"5866\" class=\"elementor elementor-5866\" data-elementor-settings=\"[]\">\n\t\t\t\t\t\t\t<div class=\"elementor-section-wrap\">\n\t\t\t\t\t\t\t<section class=\"elementor-section elementor-top-section elementor-element elementor-element-1d31d302 elementor-section-boxed elementor-section-height-default elementor-section-height-default\" data-id=\"1d31d302\" data-element_type=\"section\">\n\t\t\t\t\t\t<div class=\"elementor-container elementor-column-gap-default\">\n\t\t\t\t\t<div class=\"elementor-column elementor-col-100 elementor-top-column elementor-element elementor-element-73a6a6cd\" data-id=\"73a6a6cd\" data-element_type=\"column\">\n\t\t\t<div class=\"elementor-widget-wrap elementor-element-populated\">\n\t\t\t\t\t\t\t\t<div class=\"elementor-element elementor-element-62403142 elementor-widget elementor-widget-text-editor\" data-id=\"62403142\" data-element_type=\"widget\" data-widget_type=\"text-editor.default\">\n\t\t\t\t<div class=\"elementor-widget-container\">\n\t\t\t\t\t\t\t<!-- wp:paragraph -->\n<p align=\"center\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori<\/strong><br \/><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida<\/strong><\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p align=\"center\"><strong>(O\u2018zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to\u2018plami, 2012 y., 21-son, 229-modda)<\/strong><\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p>Ta\u2019lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta\u2019minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:<br \/>1. O\u2018zbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to\u2018g\u2018risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<br \/>2. O\u2018zbekiston Respublikasi Xalq ta\u2019limi vazirligi, Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi hamda O\u2018rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, nodavlat ta\u2019lim muassasalari bilan birgalikda:<br \/>ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining izchil bajarilishini;<br \/>ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning maqsadi va vazifalari aholi, ayniqsa yoshlar o\u2018rtasida keng tushuntirilishini ta\u2019minlasinlar.<br \/>3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.<br \/>O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev<\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p align=\"right\">Toshkent sh.,<br \/>2012 yil 21 may,<br \/>139-son<\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p align=\"center\"><strong>Vazirlar Mahkamasining 2012 \u2013 yil 21 \u2013 maydagi 139 \u2013 son qaroriga ILOVA<\/strong><br \/><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to\u2018g\u2018risida<\/strong><br \/><strong>NIZOM<\/strong><br \/><strong>I. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p>1. Ushbu Nizom, idoraviy mansubligidan qat\u2019i nazar, umumiy o\u2018rta, o\u2018rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta\u2019lim muassasalarida (keyingi o\u2018rinlarda ta\u2019lim muassasasi deb ataladi) mobil telefonlardan (keyingi o\u2018rinlarda telefon deb ataladi) foydalanish tartibini belgilaydi hamda sifatli ta\u2019lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo\u2018lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo\u2018lida o\u2018quvchi yoshlarning sog\u2018lig\u2018ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda o\u2018quvchilar va talabalarning (keyingi o\u2018rinlarda ta\u2019lim oluvchilar deb ataladi) konstitutsiyaviy huquqlarini ta\u2019minlashga yo\u2018naltirilgan.<br \/>2. Ta\u2019lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va o\u2018quvchi yoshlar o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish ushbu Nizomning maqsadlari hisoblanadi.<br \/>3. Ushbu Nizom davlat va nodavlat ta\u2019lim muassasalariga tatbiq etiladi hamda ta\u2019lim oluvchilarga, shuningdek ta\u2019lim muassasalarining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.<br \/>4. Telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar.<br \/>5. Ushbu Nizomning maqsadlariga muvofiq uni ishlab chiqish quyidagi vazifalarni hal etishga yo\u2018naltirilgan:<br \/>a) boy intellektual meros asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy mustaqillik g\u2018oyalarini hurmat qilish va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash;<br \/>b) o\u2018quv jarayonida, shu jumladan ta\u2019lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanish bilan bog\u2018liq quyidagi salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish:<br \/>o\u2018quv materiallarini ulardan shpargalkalar sifatida foydalanish uchun, shuningdek mashg\u2018ulotlar vaqtida ta\u2019lim oluvchilar foydalanishadigan turli o\u2018yinlarni yozib olish va telefon xotirasida saqlash;<br \/>yoshlar o\u2018rtasida ma\u2019naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo\u2018ravonlik, shafqatsizlik va pornografik, shuningdek reaksion-sektant, soxta diniy mafkurani targ\u2018ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo\u2018lgan, ko\u2018rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli video roliklarni namoyish etish, tarqatish, qo\u2018llanish;<br \/>v) ta\u2019lim muassasalarining ichki tartib-qoidalariga rioya etishni ta\u2019minlash uchun ta\u2019lim muassasalarida ta\u2019lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanishni tartibga solish.<\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p align=\"center\"><strong>II. Ta\u2019lim muassasalari hududi va xonalarida telefonlardan foydalanish tartibi<\/strong><\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p>6. Ta\u2019lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta\u2019lim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar o\u2018z telefoni abonentining chaqiruv ovozini to\u2018liq o\u2018chirib qo\u2018yishi (telefonni \u00abovozsiz\u00bb rejimga o\u2018tkazishi) shart.<br \/>7. Ta\u2019lim muassasalarida o\u2018tkaziladigan o\u2018quv mashg\u2018ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta\u2019lim oluvchilar:<br \/>telefonini o\u2018chirib qo\u2018yishi;<br \/>telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo\u2018yishi shart.<br \/>8. Ta\u2019lim oluvchilarga quyidagilar qat\u2019iyan taqiqlanadi:<br \/>a) telefonini bo\u2018yniga osib olish, ko\u2018krak cho\u2018ntaklarida, shim, yubkalari cho\u2018ntaklarida va shu kabilarda saqlash;<br \/>b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta\u2019lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;<br \/>v) telefoni yordamida:<br \/>atrofdagilarga zo\u2018ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ\u2018ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;<br \/>ta\u2019lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo\u2018ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo\u2018li bilan zarar etkazish;<br \/>g) o\u2018quv mashg\u2018ulotlari vaqtida:<br \/>telefon orqali so\u2018zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo\u2018natish;<br \/>telefonni stol ustiga qo\u2018yish;<br \/>musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;<br \/>surat va video tasvirlarni ko\u2018rsatishda telefondan foydalanish (o\u2018yinlar bilan shug\u2018ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko\u2018rish, diktofon, kal\u044ckulyator, kalendar\u044c, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;<br \/>suratga olish va video tasvirga tushirish;<br \/>telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.<br \/>9. Ta\u2019lim muassasasida ta\u2019lim oluvchilarga mashg\u2018ulotlar va tadbirlar oralig\u2018ida faqat asosli va kechiktirib bo\u2018lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o\u2018rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta\u2019lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog\u2018lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo\u2018ng\u2018iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo\u2018natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.<br \/>10. Mashg\u2018ulotlar va turli tadbirlar oralig\u2018ida telefon orqali so\u2018zlashish uchun xonadan yo\u2018lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.<br \/>11. Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda ta\u2019lim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.<br \/>12. Ta\u2019lim muassasasining o\u2018qituvchilari va boshqa xodimlari:<br \/>o\u2018quv mashg\u2018ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;<br \/>darsdan tashqari vaqtda ta\u2019lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.<\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p align=\"center\"><strong>III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik<\/strong><\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p>13. Ushbu Nizom talablarini buzgan ta\u2019lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta\u2019sir ko\u2018rsatish choralari qo\u2018llanadi:<br \/>ogohlantirish;<br \/>ularning kundalik daftariga yozib qo\u2018yish;<br \/>ota-onalarini (ularning o\u2018rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o\u2018tkazish uchun ta\u2019lim muassasasiga chaqirish.<br \/>Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta\u2019lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko\u2018riladi.<br \/>14. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda ta\u2019lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta\u2019lim oluvchidan telefonni olib qo\u2018yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to\u2018g\u2018risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta\u2019lim muassasasining (fakultetning) direktoriga (dekaniga) yoki direktor (dekan) o\u2018rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (ularning o\u2018rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta\u2019lim muassasalarida esa \u2013 kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to\u2018g\u2018risida ogohlantirish berish huquqiga ega.<br \/>15. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta\u2019lim muassasasida (fakultetda) tuziladigan direktor (dekan) rahbarligidagi komissiya tomonidan, sinf rahbari (kurator), ta\u2019lim oluvchining ota-onalari (ularning o\u2018rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek ota-onalar (talabalar) majlisida muhokama qilinadi.<br \/>16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta\u2019lim muassasasining direktori (fakultet dekani) va uning o\u2018rinbosarlari nazorat qiladi.<\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p align=\"center\"><strong>IV. Yakunlovchi qoidalar<\/strong><\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\n\n<!-- wp:paragraph -->\n<p>17. Ta\u2019lim muassasasi ta\u2019lim oluvchilarga tegishli bo\u2018lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlarda telefonlarning olib qo\u2018yilishi hollari bundan mustasno.<br \/>18. Ushbu Nizom talablari har yili imzo qo\u2018ydirilgan holda har bir ta\u2019lim oluvchiga va uning ota-onasiga (ularning o\u2018rnini bosuvchi shaxslarga), oliy ta\u2019lim muassasalarida esa tegishli ravishda har bir talabaga yetkaziladi.<\/p>\n<!-- \/wp:paragraph -->\t\t\t\t\t\t<\/div>\n\t\t\t\t<\/div>\n\t\t\t\t\t<\/div>\n\t\t<\/div>\n\t\t\t\t\t\t\t<\/div>\n\t\t<\/section>\n\t\t\t\t\t\t<\/div>\n\t\t\t\t\t<\/div>\n\t\t","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining QaroriO\u2018zbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida (O\u2018zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to\u2018plami, 2012 y., 21-son, 229-modda) Ta\u2019lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta\u2019minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:1. O\u2018zbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to\u2018g\u2018risidagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/5866"}],"collection":[{"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5866"}],"version-history":[{"count":7,"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/5866\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5873,"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/5866\/revisions\/5873"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/manaviyat.tstu.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5866"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}