Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalar shaharchasi

  • Home
  • Talabalar shaharchasi

Toshkent davlat transport universiteti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan
Xususan:
– Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;
– Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari;
– “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqea va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.
– Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi mavjud;
– “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmumni o’tkazish maqsadida institut jismoniy tarbiya kafedrasi bilan hamkorlikda 14 ta sport turi bo’yicha to’garaklar hamda institut iqtidorli talabalar bilan ishlash koordinatori bilan hamkorlikda 20 dan ortiq fan to’garaklari tashkil etilgan.
Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni ma’naviy ongini shakllantirish hamda ma’nan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida barcha talabalar turar joylarida zamonaviy “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi tashkil etilgan. Talabalar kitob mutolaa qilishi, gazeta va jurnal o’qishi, aqliy salohiyatlarini oshirish maqsadida debatlar tashkil etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Talabalar turar joyi mudirasi vazifalari
1. Talabalar turar joyidagi barcha jihozlarni yaroqliligini ta’minlaydi.
2. Talabalar turar joylari navbatchilari faoliyatini nazorat qiladi.
3. Yashovchilarga namunali normalarga muvofiq zarur jihoz va inventarlar berilishini, ko’rpa-to’shak jihozlarini sanitariya qoidalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan almashtirishni ta’minlaydi.

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.