Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi

  • Home
  • Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi

Xakimova Yaqutxan To‘laganovna

Теl: 90-907-10-17

Qabul kunlari: seshanba, payshanba

E-mail: khakimovayakutxon@mail.ru

  1. Faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Toshkent davlat transport universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy- ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PK-4602-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 17-iyundagi Xotin-qizlar bo‘yicha maslahat-kengashlarini tuzish to‘g‘risidagi 326-buyrug‘i asosida olib boradi.

  1. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
  • xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etadi;
  • xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish va ularning fikrlarini tizimli monitoring qilish;
  • xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlariga ko‘maklashadi;
  • yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordamlashadi;
  • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
  • xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, ularni reabilitatsiya qilish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy takliflarni kiritadi;
  • xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug‘ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning hayot faoliyatlari va turmush tarzlarini keng targ‘ib qilish;
  • xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
  • milliy va xalqaro qonunchilikda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir hujjatlar, standartlar va talablarning joriy etilishini ta’minlaydi va bevosita ishtirok etadi;
  • tizimda samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritadi.
  •  
  1. Kengashning majburiyatlari
  • kengash o‘z zimmasidagi vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
  • – o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirish;
  • – jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
  • – fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • – kengash Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
  1. Kengashning huquqlari

Kengash quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

  • jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligini mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar kiritish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Kengash vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
  • xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida universitetda xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish;
  • ta’lim muassasasidagi xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning roziligi bilan ularning uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart- sharoitlari bilan tanishish;
  • kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
  • yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, zarur hollarda ularga davlat organlari va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlarini hamda mahalla faollarini taklif etish.

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.