#xalqaro_anjuman
#QurilishM
📌 Universitet vakillari “K -Water Society” xalqaro anjumanida ishtirok etishdi.
⚡️O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi diplomatik aloqalarining 30 yilligi munasobatai bilan “K -Water Society” in Tashkent anjumanida Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A. Babayev, marketing va talabalar amaliyoti bo’lim boshlig’I M. Haydarov, dotsent X. Umarov ishtirok etishdi. “K -Water Society” kompaniyasi — O’rta Osiyo suv muammolarini o’rganuvchi kompaniya, suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish bo’yicha kompaniya Toshkent shahrida o’z faoliyatini olib boradi. Anjumanda “K-Water” kompaniyasi direktori Lee, Chae-ku, “Kimg Sejong Instituti” direktori Hur Seon- Heang, O’zsuvta’minot AJ boshqarma boshlig’i N. Baytursunov va boshqa bir qancha soha vakillari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
✅ Universitet talaba va professor-o’qituvchilarining kompaniyada stajirovka o’tashi va malaka oshirishlariga barcha shart sharoit yaratib berilishi kompaniya vakillari tomonidan bildirildi.