#tashrif
#ETKM
📌 Talabalar turar joyi talaba-qizlari holati o’rganildi.
⚡️ Kecha 27-oktabr kuni Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti «Radioelektron qurilmalar va tizimlar» kafedra N.V. Yaronova, professor-o’qituvchilari A.A. Ablayeva va N.F. Xusnidinovalar kafedra kunlari munosabati bilan Talabalar shaharchasidagi 5-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida professor-o’qituvchilar tomonidan talaba-qizlarga universitet va turar joy odob-axloq qoidalari, ozodalikka rioya qilish hamda turar joyga kechga qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.
✅ O’rganishlar natijasida, talabalarning mavjud kamchiliklari bartaraf etilishi va yanada yaxshi sharoitlar yaratilishi rejalashtirildi.