#master_klass
#AYM
📌 «Sog’lom turmush tarzini kechirish va uning inson salomatligini yaxshilashdagi o’rni» mavzusida talaba-qizlar bilan master-klass o’tkazildi.
⚡️ Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti «Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasining professor-o’qituvchilari hamda fakultet ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovuni jotiy yilning 5-noyabr kuni 5-sonli Talabalar turar joyida “Sog’lom turmush tarzini kechirish va uning inson salomatligini yaxshilashdagi o’rni” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida master-klass o’tkazildi. Master-klass o’tkazishdan maqsad talaba-qizlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni sog’lom turmush tarziga o’rgatishdan iborat bo’ldi. Uchrashuv davomida qizlarga sog’lom turmush tarziga amal qilish davomida tozalik va ozodalik, to’g’ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish katta roll o’ynashi ta’kidlab o’tdildi.
✅ Master-klass so’nggida talaba- qizlar bilan turli xil shirinlik va salatlar tayyorlandi.