#muhokama
#ETKM
📌 Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida talaba-qizlar bilan muhokamalar olib borildi.
⚡️Osiyo taraqqiyot bankining 2022-yil 24-avgustdagi hamda “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJning 2022-yil 15-sentabrdagi xatlari va Osiyo taraqqiyot bankining ”6693-REG: Subprojekt 5: Putting Women on the Right Track Appendix C in the Railway Sector (54111-005)” loyihasi doirasida bir oy davomida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetining 1-bosqich talaba-qizlari bilan fokus guruhlarda muhokamalar olib borildi. Fokus-guruhlar loyiha menedjerlari tomonidan talaba-qizlarning temir yо‘l elektr ta’minoti, avtomatika va radioelektron qurilmalar yо‘nalishlari bo‘yicha kasb tanlashda talaba-qizlar duch keladigan to’siqlar va cheklovlarni, temir yo’l texnologiyasi bo’yicha ko’nikmalar va bilimlardagi kamchiliklarni, kasbining istiqboli va jozibadorligini tushunishga yordam berish maqsadida tashkil etildi.
✅ Javoblar temir yo’l sohasida ishlashga qiziqqan ayollarga alohida e’tibor qaratgan holda barcha temiryo’lchilar uchun ta’lim, o’qitish va martaba oshirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.