Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ogohlik — davr talabi

#amaliy_mashgulot
#Iqtisodiyot

📌 “Yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va is gazidan zaharlanishning oldini olish” mavzusida amaliy mashg’ulot o’tkazildi.

⚡️ Iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari M.S. Ortikov hamda “Chet tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari G.T. Tulaboyeva va M.B. Yuldoshevalar tomonidan “Yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va is gazidan zaharlanishning oldini olish” mavzusida Mirobod tumani Faqulodda Vaziyatlar Bo’limi 4-Yong’in qutqaruv qismi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda Mirobod tumani FVD bo’lim boshlig’I o’rinbosari, podpolkovnik R.R. Qo’ziyev so’zga chiqib, Mirobod tumani favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha Hukumat kommissiyasi yig’ilishining 23-son bayoni 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2022-yil 15-noyabr — 15-dekabr kunlari Respublika bo’yicha “Yong’in xavfsizligi oyligi”ni o’tkazish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 29-aprel kunidagi “Respublika aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va tadbirkorlik sub’ektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishini o’rganish va baxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida” gi 207-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash, is gazi, hayvonlarning qutirishi, ovqatdan zaharlanish, gaz va havo aralashmasidan chaqnashi, yong’in va boshqa favqulodda vaziyatlarda faol ishtirok etish, binoda yong’inlarning aksariyati elektr energiyasidan noto’gri foydalanish oqibatida kelib chiqayotganligi hamda fuqarolarning is gazidan zaharlanish holatlari ko’payib ketishi natijasida tumanda joylashgan shaxsiy xonadon, turar joy binolari hamda maskanlarda FVB xodimlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinayotganligini, fuqarolarning beparvoligi, ma’suliyatsizligi hamda spirtli ichimlikka ruju qo’ygani, tamaki mahsulotlarini chekish qoidalariga rioya etmaganligi oqibatida yong’inlar sodir bo’layotganligini, mahallalardagi ko’p qavatli uylar va yakka tartibdagi xususiy xonadonlarda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi o’rganilgani ta’kidladi.

✅ Bundan tashqari keyingi paytlarda elektr energiyasidan noto’g’ri foydalanish oqibatida hamda fuqarolarning e’tiborsizligi oqibatida uylarda o’rnatilgan gaz plita ustida dudburonlar o’rnatilmaganligi va qo’lbola elektr isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida yong’inlar va is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilmoqdaligi ta’kidlandi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.