Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet va maktab

#tashabbus
#universitet_va_maktab

📌 Belarus milliy texnika universiteti vakillari Toshkent shahridagi 17-umumtaʻlim maktabiga tashrif buyurdilar.

⚡️Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda jahon hamjamiyatida munosib o’rniga ega bo’lishida yuksak salohiyatli kadrlar masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada zamonaviy bilim va yuksak maʻnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish uchun tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 22-noyabr kuni Xalqaro taʻlim dasturlari fakulteti dekan o’rinbosari Vildanova Luiza Anvarovna va Belarus milliy texnika universiteti Menedjment, marketing va tadbirkorlik fakulteti dekan o’rinbosari Dashkevich Nadejda Vladimirovnalar Toshkent shahrida joylashgan 17-umumtaʻlim maktabiga tashrif buyurdilar.

✅ Tashrif chog’ida umumtaʻlim maktabi bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi va maktab o’quvchilariga Toshkent davlat transport universiteti va Belarus milliy texnika universiteti o’rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilgan Qo’shma taʻlim dasturlari to’g’risida maʻlumotlar berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.