Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ikki avlod uchrashuvi

#uchrashuv

📌 «Ikki avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.

⚡️ Joriy yil 23-noyabr kuni universitet kinozalida “Ikki avlod” uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining ilk yillarida xalqaro hamkorlik sohasida qator xalqaro tashkilotlarda mas’ulliyatli ishlarda faoliyat yuritgan Iqtisodiyot fakulteti “Transport iqtisodiyoti” kafedrasi dotsent, iqtisod fanlari nomzodi U.S. Nadirxanov bilan o‘zaro davra suhbati tashkil etildi.

💥 Ushbu tadbir davomida U.S. Nadirxanov davlatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillarida chet el davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘sha davrdagi qiyinchiliklar to‘g‘risida gapirib berdi. O‘sha vaqtda chet tillari (ingliz, fransuz, nemis)ni mukammal bilganligi ish jarayonida qo‘l kelganligi, buni natijasida Germaniya elchixonasida faoliyat yuritganligi, shuning uchun ham barcha tadbirda ishtirok etayotgan talabalarga chet tillarini o‘rganish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Yana suhbat jarayonida hamkorlik o‘rnatish yuzasidan “Xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni o‘rnatish madaniyati” bo‘yicha ham ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir davomida U.Nadirxanov tomonidan ingliz va fransuz tillarida kuylagan qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘taringki kayfiyat ulashdi.

✅ Suhbat yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga U.S. Nadirxanov tomonidan javoblar berildi. Undan tashqari U.S. Nadirxanov talabalarga xalqaro grantlarni olish bo‘yicha zarur maslahatlar berib o‘tdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.