Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Profilaktik tadbir o’tkazildi

#profilaktik_tadbir
#AvtTM

📌 Is gazi va yong‘in xavfsizligi yuzasidan profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PQ-2992 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida haftaning Chorshanba kuni “Yong‘in xavfsizligi kuni” deb belgilangan. Ayni shu maqsadda Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O. Ashurov hamda Yashnobod tumani FVB leytenant V.X. Pirmamatov bilan hamkorlikda “Is gazi va Yong‘in xavfsizligi” bo’yicha profilaktika uchrashuv bo’lib o’tdi. Is gazi hamda yong‘in xavfsizligidan saqlanish va ularni bartaraf etish yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvda leytenant V.X. Pirmamatov tadbir ishtirokchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘llanmasi, favqulodda xolatlarning oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, yo‘riqnomalarni o‘tkazishni jadallashtirish, mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish, qurilish ishlari olib borilayotgan maydonlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

💥 Shu kuni o‘tkazilgan tadbirlar davomida, Toshkent shahar hududida joylashgan maskanlar, bino va inshootlarning yong‘inga qarshi holati to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar talabalarga misol tariqasida aytib berildi. Aniqlangan yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi holatlari joyida bartaraf qilindi. O‘tkazilgan yong‘in-texnik tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, maskan va muassasa rahbarlariga davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalari taqdim etildi.

✅ O. Ashurov aholi o‘rtasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi korxona, tashkilotlarda hamda aholi yashash joylarida uchrashuvlar tashkil etilayotgani hamda talabalarning yashaayotgan xonadon va talabalar turar joylarida ham bunday yong‘in xavfsizligi qoidalarini kengroq targ‘ib etish uskunalardan to‘g‘ri foydalanish usullari namoyish etilayotganini aytildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.