Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalar turar joyi talabalari holati o’rganildi

#tashrif
#AvtTM

📌 Talabalar turar joyi talabalari holati o’rganildi.

⚡️Joriy yilning 19-noyabr kuni Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti tyutoti Z.T. Usmonov tashabbusi bilan 4-5-A talabalar turar joylariga tashrif buyurib talabalar holatidan xabar olindi. Z. Usmonov talabalarga “Odob-axloq, o‘zini tutishi, kiyinish madaniyati va muomala madaniyati” to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi. Talabalar turar joyining ichki tartib intizomiga qat’iy rioya qilinishi, elektrdan oqilona foydalanish, telefon quvvatlagichlari razetkalarda qolib ketishining oldini olishlari kerakligi barcha talabaga uqtirildi. Talabalar odob-axloqli bo‘lishlari bilan birgalikda, muomala madaniyatini ham o‘zlashtirgan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Talabalar turar joyida yo‘qlama qilinishi davrida talabalar o‘z xonalarida bo‘lishlari kerakligi uqtirildi. Yo‘qlama davrida o‘z xonasida bo‘lmagan talabalarga nisbatan choralar ko‘rilishi aytib o‘tildi.

✅ Talabalar Kengashi talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy tadbirlar, davlat arboblari, olimlar, yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, universitet hududini obodonlashtirish ishlarida, o‘quv-uslubiy ishlarda (til o‘rgatish to‘garaklari) va sport mashg‘ulotlarida faol qatnashishlari kerakligi ta’kidlandi. Talabalar turar joyida joylashgan ma’naviyat xonalari, kutubxona va sport zallaridan unumli foydalanish lozimligi aytildi. Talabalarga gazdan foydalanish va is gazidan ehtiyot bo‘lishi va darslarga kech qolmasligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.