Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

O’zbekiston davlat tarixi muzeyiga tashrif

#tashrif

#AYM

📌 Talabalar O’zbekiston davlat tarixi muzeyiga tashrif buyurdi.

🔰Joriy yilning 25-noyabr kuni Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti tyutori M.T. Kazakbayeva talabalar bilan O’zbekiston davlat tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Ushbu muzey O’rta Osiyo va Toshkentdagi eng qadimiy muzeylardan bo’lib, avval Turkiston Xalq muzeyi nomi bilan elga ma’lum bo’lgan. Muzey bilan tanishish jarayonida, talabalar O’rta Osiyo xalqlarining O’zbekiston hududida tosh asri va ilk ijtimoiy tuzumlar davridan boshlab, to bugungi kunga qadar tarixiy rivojlanish davrlari bilan tanishib chiqishga muvaffaq bo’ldilar.

🖼 Muzeydagi ko’rgazmalar orasida Temuriylar tarixiga oid o’rta asrlarda Movarounnahrda istiqomat qilgan xalqlarning rivojlanish bosqichi sivilizatsiyasini keng ko’lamda yorituvchi ilm-fanda, she’riyatda kitobiy miniatyuralar san’ati, arxitektura va boshqa hunarmandchilik buyumlarining yuksak namunalari, talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.