Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Olima ayol — kelajak tarbiyachisi

#davra_suhbati
#ETKM

📌 «Olima ayol — kelajak tarbiyachisi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

⚡️Joriy yilning 30-noyabr kuni Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti xotin-qizlar masalalari bо‘yicha maslahatchi F.A. Axmedova, “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” kafedrasi mudiri dotsent N.V. Yaronova, “Elektr ta’minoti” kafedrasi dotsent K.K. Jurayeva, Axborot resurs markazi bо‘lim boshlig‘i N.A. Matkarimovalar birgalikda 5 muhim tashabbus doirasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida talabalar turar joyida “Olima ayol kelajak tarbiyachisi” mavzusida davra suhbati о‘tkazdilar.

✅ Talaba-qizlarga ARMdan foydalanish tartib-qoidalari, undagi bо‘limlar va ulardan foydalanish, maqola yozish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish haqida ma’lumotlar berildi. Qizlarga kо‘p ilmiy va badiiy kitoblar о‘qish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, ilmiy izlanishlar olib borish tavsiya etildi. Ilmli insonning dunyoqarashi va tafakkuri keng bо‘lishi tushuntirildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.