Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Zakovat — aql va tafakkur o’yini

#tashabbus
#Iqtisodiyot

📌 Talaba-yoshlar o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.

⚡️ Iqtisodiyot fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi fan doktori (DSc) J.D. Matkarimova va dotsent R.Sh. Umarova, katta o’qituvchi N.J. Nazarovalar tomonidan 10-dekabr kuni 1-bosqich YU-3 (yuristlar), YU-5 (Prokurorlar), Siyosatshunoslik SSH-1 (The Diplomat), Sosiologiya SOC-1 (Sosiologlar) guruhlari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yinining 1-tur 1-bosqichi tashkil etildi.

📑 Intellektual o’yinda 4 ta shart belgilandi.
1-shart: Konstitusiya to’g’risidagi savollar;
2-shart: Harakatlar va taraqqiyot strategiyasi haqidagi savollar;
3-shart: Mantiqiy savollar;
4-shart: Guruh sardorlari bellashuvi asosida o’tkazildi.
1-tur bo’yicha 16 ball bilan SSH-1 (The Diplomat) guruhi 1-o’rinni, 10 ball bilan teng ravishda 2-o’rinni SOC-1 (Sosiologlar), YU-3 (yuristlar), YU-5 (Prokurorlar) guruhlari egalladi.

🏆 Gʻoliblar va faol ishtirok etgan talabalar qimmatbaho kitoblar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.