Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Siyosiy konfliktlar: sabablari va yechimlar

#seminar

📌 «Siyosiy konfliktlar: sabablari va yechimlar» mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

⚡️ “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, professor J.S. Ramatov, fan doktori (DSc) J.D. Matkarimova va katta o’qituvchi N.J. Nazarovalar bilan hamkorlikda O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik yo’nalishi 3-bosqich iqtidorli talabalari A. Tursunov, Sh. Sharobiddinov, Sh. Nurpulatov, S. Haydarovlar ishtirokida “Siyosiy konfliktlar: sabablari va echimlar” mavzusidagi SMART-trening tashkil etildi. Treningda Huquqshunoslik yo’nalishining YU-3,5, Siyosatshunoslik yo’nalishining SSH-1, Sotsiologiya yo’nalishining SOC-1 guruh talabalari qatnashdilar.

📑 O’zJOKU talabalari tomonidan siyosiy konflikt yuzasidan, uning turlari, hozirgi kunda jahon siyosiy maydonida konfliktlarning borishi, Sharq va Gʻarb kontekstidagi ziddiyatli holatlar, ularni bartaraf etish masalalari haqidagi maʻruzalari bilan ishtirok etdilar. Trening davomida talabalar tomonidan o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar berildi, bahs-munozaralarga boy bo’ldi. Tadbir yakunida mazkur talabalar tomonidan 1-bosqich talabalariga o’qishi lozim bo’lgan kitoblar tavsiya etildi va o’zaro tajriba, fikr almashish va hamkorlikni davom ettirish borasida takliflar tushdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.