Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ko’rik-tanlovning fakultet bosqichi davom etmoqda

#kitobxonlik
#AYM

📌 «Eng yaxshi kitobxon jamoasi» ko’rik-tanlovining fakultet bosqichi bo’lib o’tdi.

📚 Kitob − umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobdek qudratga ega vosita topilmas. Bir so’z bilan aytganda, kitobxonlik buyuk kelajak kafolatidir. Shu bois talaba-yoshlarning o’rtasida kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 12-dekabr kuni Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari T.A. Pulatova va fakulet tyutorlari tashabbuslari bilan «Eng yaxshi kitobxon jamoasi» ko’rik-tanlovining 3-bosqichi o’tkazildi.

🔰Kitobxonlik tanlovida “Beklar” jamoasi eng kuchli va ko’p ball to’plagan kitobxon jamoasi bo’lib aniqlandi, ularga tanlovning universitet bosqichiga yo’llanma berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.