Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga ekskursiya

#ekskursiya
#AvtTM

📌 Talabalar Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga ekskursiya qilishdi.

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga ekskursiya qildilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-229-sonli Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Dasturning 10-bandida oʻquvchi va talaba-yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida ularni harbiy qismlarda, oliy harbiy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish uchun “Mard askar — yoshlarga namuna” shiori ostida “ochiq eshiklar kuni”ni uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy — vatanparvarlik tadbirlari, suhbat munozaralar, sport oʻyinlarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

✅ Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20-dekabr kuni 3-bosqich talabalari guruh tyutorlari D. Otaqo’ziyev va Z. Raximbaevlar hamda talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar davlat muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.

🏛 Muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi. Shuningdek, muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida «Temuriylar davri harbiy san’ati» ekspozitsiyasi ham mavjud.

📑 Muzey faoliyati yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasini boyitish va yanada yuqori saviyaga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.Talabalarning e’tirof etishlaricha, bu tashrif kishida Vatan himoyachilarining xizmatlari nechog‘lik xatarli bo‘lishi bilan bir qatorda o‘z vaqtida mas’uliyat hamda yuksak sharafli ekanini his qilishga yordam beradi. SHuningdek, ularda Davlatimizning qudratiga nisbatan ishonch hissini hamda yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi kabi ne’matlarni chuqur anglab yetishga undaydi. Tashrif so‘ngida talabalar muzey yonida esdalik uchun suratga tushdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.