Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Muzeyga sayohat

#ekskursiya
#AYM

📌 Talabalarning muzeyga sayohati uyushtirildi.

⚡️ Yosh avlodni tariximizga, buyuk shaxslarga, ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 20-dekabr kunida Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti tyutori M.T. Kazakbaeva, 2-bosqich talabalari bilan birgalikda Toshkent temir yo‘l texnologiyalari muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

📑 Ochiq osmon ostidagi muzeyda temir yo‘l transportining ajoyib to‘plamlari, muzey, taxminan bir kilometr uzunlikdagi go‘zal bog‘ hisobida ham ekan. Bu yerda namoyish etilayotgan transportlar o‘nlab yillar mobaynida Markaziy Osiyoda va undan tashqaridagi temir yo‘llarda muntazam qatnovlarda faol qatnashgan. Bu yerda talabalar bug‘ qozonli dvigatellar bilan ishlaydigan bug‘ lokomotivlarini va dizel lokomotivlar, elektr dvigatellari bilan ishlaydigan elektr lokomotivlarini, yuk va yengil vagonlarni, shuningdek, ta’mirlash va qurilish texnikasi, o‘ziyurar vagonlar va temir yo‘l uskunalari namunalaridan bahramand bo’lishdi. Muzey eksponatlari Rossiya, Chexoslovakiya, Germaniya, Polsha va AQSh kabi mamlakatlarda tayyorlangan. Muzeydagi eksponatlar talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

✅ Sayohat mobaynida talabalar Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishishdi. Ushbu bino nafaqat muzey sifatida, balki Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassamlovchi va ilmiy tadqiq etib, kelajak avlodga yetkazuvchi yagona ob’ekt ham hisoblanar ekan. Moddiy va ma’naviy merosimizni tomosha qilish talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.