Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Zakovat — aqlni charxlaydi

#zakovat
#AvtTM

📌 Professor-o‘qituvchilar farzandlari uchun Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

⚡️Bugun universitet Maqsud Shayxzoda zalida Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining farzandlari ishtirokida «Zakovat» intellektual tanlovi tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor D.X. Baratov ochib berdi. M.M. Dexqonov navbatni bugungi tanlovga tashrif buyurgan “Zakovat intellektual klubi” a’zolari bo‘lmish mehmonlarni tanishtirdi: Axmedov Jobir Moxirjonovich, Usmonov Muhiddin G‘appor o‘g‘li.

📑 Fakultet dekani K.Z. Ziyaev tanlovda ishtirok etayotga jamolarni o‘qib eshittirib, o‘yinga start berdi. J.M. Axmedov savollarni o‘qib eshittirib bordi. O‘yin davom ettirilib, barcha savollar o‘qib tugallandi. G‘oliblar aniqlanib, barcha ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.S. Xamidov farzanlarimizning ishtirokidagi ushbu tadbirni maroqli va qiziqarli o‘tishida o‘zlarini qimmatli vaqtlarini ayamay tashrif buyurgan mehmonlarga universitet jamoasi nomidan o’z minnatdorchiligini bildirdi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko’ra:

1-o’rin: “Iqtidor” jamoasi 12 ball
2-o’rin: “Bilimdon” jamoasi 11 ball

3-o’rin: “Yangi avlod” va “Bunyodkor” jamoalari 7 ball bilan yuqori natijalarni qayd etishdi.
Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlari hamda universitetda “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etishdagi xizmatlari uchun univesitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.