Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Vatan mehri yuragimda

#xotin_qizlar_kengashi

📌 «Vatan mehri yuragimda» nomli ijodiy she’rlar tanlovi bo’lib o’tdi.

⚡️ Universitet Xotin – qizlar maslahat kengash raisi F.I. Mamurova, fakultet raislari, ”Qaynona kelin maktab” rahbari M.M. Botirova hamda “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi o’qituvchilari N.Sh. Xodjayeva, I.Q. Hakimovalar tashabbusi bilan o’tkazilgan online tadbirda universitet ilmiy-adabiy maslahatchisi — Sh. Yusupov, universitet psixologi — R.R. Baratova hamda Olima ayollar uyushmasi raisi — N.Sh.Yunusovalar hakamlik qildilar.

Tadbirdan maqsad yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun 5 ta muhim tashabbusning to’rtinchsi yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish va sog’lom raqobatni shakillantirish bo’ldi. Tadbirni F.I. Mamurova olib bordi. Hammaga tadbir mohiyatini tushuntirib, birin- ketinlik bilan talaba-qizlarni ekranga taklif etdi. Ishtirokchilardan Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti faollari ham ishtirok etdi.
Tadbir ZOOM platformasida o’tkazildi. Talabalar ijodiy she’rlarni ifodali aytib, tayyorlagan videoroliklari namoyish etildi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko’rsa, quyidagi talabalar g’oliblikni qo’lga kiritdi:
1-o’rin: M. Abduvaliyeva, N. Rejepova;
2-o’rin: G. Аbdufattoyeva, L. Amonova;
3-o’rin: N. Xusanova, O’. Soliyeva, D. Telmanova

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.