Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalar holati o’rganilmoqda

#nazorat
#Aviatsiya_TM

📌 Talabalar holati o’rganilishi davom etmoqda.

⚡️Aviatsiya transporti muhandisligi fakultet rahbariyati fakultet uchun ajratilgan 2-talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.

Fakultet talaba-yoshlarining talabalar turar joyidagi yashash shart-sharoitlarini hamda sovuq ob-havo hukm surayotgan ushbu kunlarda talabalar turar joyidagi issiqlik holati va talabalar fikrlarini o’rganish maqsadida fakultet rahbariyati, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari I.S. Maturazov hamda O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.R. Abduvaxitovlar fakultetga tegishli 2-talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida talabalar bilan bevosita suhbatlashilib sovuq ob-havo sharoitida talabalar turar joyining holati o’rganildi.

Aviatsiya TM fakultet tyutorlari tomonidan ijarada yashovchi talaba-yoshlarning yashash sharoitlari o’rganildi.

Fakultetning Toshkent shahrida ijarada yashayotgan talaba-yoshlari uchun ijara manzillarida yaratilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirish hamda qish mavsumida yuzga kelishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti tyutorlari ijara manzillariga tashrif buyurishdi. Fakultet tyutorlari tomonidan olib borilayotgan jarayonlar davomida talabalarga gaz hamda elektr vositalaridan tegishli xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda to‘g‘ri foydanalish va boshqa masalalar yuzasidan targ‘ibot ishlari ham amalga oshirildi.

Fakultet tyutorlarining ijara manzillariga tashriflari tizimli tarzda amalga oshirib borilmoqda.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.