Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Kitob –qalb quyoshi

#kitobxonlik
#Iqtisodiyot

📌 “Kitob –qalb quyoshi” nomli ma’naviy tadbir tashkil etildi.

⚡️“Transport iqtisodiyoti”, “Korporativ boshqaruv” kafedralari professor-o’qituvchilari hamda Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir!” shiori ostidagi “Kitob –qalb quyoshi” nomidagi tadbir tashkil etildi. Kitob nafaqat bilim manbai, balki tafakkur qayrog‘i, aql chirog‘i, ko‘ngil tabibi, ruhiyat ozig‘idir. Unda professor-o’qituvchilar tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etilgan yangi adabiyotlar taqdimot qilindi. Taqdimotda professor-o’qituvchilar chop etishgan yangi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari mazmun va mohiyati bilan tanishtirib o‘tishdi. Ular yoshlarga qat’iy iroda, aniq hayotiy pozitsiyaga ega bo’lish haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda “Davr press” va “Spektrum media” nashriyot direktori Y. Shoymardanov ishtirok etdi va nashriyot tomonidan yangi chop etilgan kitoblari bo’yicha hamkorlikda taqdimot o‘tkazishdi.

🗒Tadbir yakunida yoshlarni mantiqiy fikrlashga undovchi qiziqarli savol-javob bo’lib o’tdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.