Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet va maktab

#universitet_va_maktab
#AvtTM

📌 Maktab bilan hamkorlikda bitiruvchi yoshlarga kasbga yo’naltirish yuzasidan ochiq davra suhbati o’tkazildi.

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.F. Ashurov va “Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” kafedrasining mudiri J.S. Avlyaqulov professor o‘qituvchilari dotsent N.M. Mo‘minjonov, dotsent F.X. Raxmonqulov, dotsent, v.v.b. G.O. Abdukarimovalar Mirobod tumanidagi 158-sonli maktabga tashrif buyurishdi. Professor o‘qituvchilarni 158-sonli maktab direktori T.M. Gribanova, ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.M. Iskandarovalar kutib olishdi va kun tartibidagi masalalar bilan o‘quvchilarni tanishtirdi. Tashrifdan maqsad maktab bilan yaqindan hamkorlik qilish va bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish mavzusi bo‘yicha va turli masalalar. o‘quvchilarga yo‘nalishlar berilib, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Transport sohasidagi barcha ma’lumotlar o‘quvchilarga tushuntirib o‘tildi.

🗒 So‘ngra o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Uchrashuv qiziqarli va yuqori saviyada tashkil qilindi. T.M. Gribanova, G.M. Iskandarova va o‘quvchilar universitet rahbariyatiga o‘zlarining minnaddorchiliklarini bildirib o‘tdilar va hamkorlikni yana davom ettirishlarini kelishib oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.