#Xotin_qizlar_kengashi
#profilaktik_suhbat
📌 Talaba-qizlar ishtirokida profilaktik suhbat uyushtirildi.
✅ Universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi F.I. Mamurova hamda profilaktika noziri Talabalar turar joyi talaba-qizlari bilan giyohvandlik va ijtimoiy tahdidlar masalasi bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.
🗒 Davra suhbati davomida qizlarga din nomi bilan ish yuritayotgan g‘arazli kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanayotgani, o’zlarini “yaqin do‘st” yoki “hidoyatga chorlovchi” sifatida tanitib, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishayotganligi. giyohvandlik oqibatida minglab norasida go’daklar mayib, majruh tug’ilayotgani, oilalarda ajrashishlar ko’payishi va dunyoda millonlab odamlar hayotdan bevaqt ko’z yumayotganli, eng afsuslanarli jihati — jirkanch ishlarga mubtalo bo’lgan kimsalarning tuzalishi juda ham qiyinligi tushuntirib o’tildi.