#universitet_va_maktab
#TYTM
📌 Universitet va maktab hamkorligi jadal suratlarda.
⚡️“Tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari — dotsent M.Y. Mansurova, katta o‘qituvchi Sh.N. Saytdjanov, assistent D.K. Djumabayevlar Bektemir tumani 289-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini O.M. Navro‘zova bilan kafedra bilan tuzilgan shartnomaning bajarilishi, kelgusida bajariladigan ishlar to‘g‘risida batafsil suhbatlashildi.
🗒 Maktabning fizika o‘qituvchisi O.T. Shernazarova bilan maktabga yangi keltirilgan fizikadan laboratoriya asboblarini ko‘zdan kechirildi, “Suyuqlikning sirt tarangligi koeffitsiyentini xalqaning suyuqlikdan uzilish usuli bilan aniqlash”, “Havoning nisbiy namligini aniqlash” hamda “Difraksion panjara yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash” laboratoriya ishlarini bajarish texnikasi va dars jarayonida o‘tkazish metodikasi tushuntirildi.
📃 O.T. Shernazarova “Suyuqlikning sirt tarangligi koeffitsiyentini xalqaning suyuqlikdan uzilish usuli bilan aniqlash” mavzusidagi laboratoriya mashg‘uloti kuzatildi, tahlil qilindi va metodik tavsiyalar berildi.