Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Buyuk siymolarni yod etib

#adabiy_kecha
#AvtTM

📌 «Buyuk siymolarni yod etib» mavzusida adabiy kecha o’tkazildi.

⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti xotin – qizlar maslahat kengashi raisi G.P. Niyazova va fakultet ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari bo’yicha dekan muovini O.F. Ashurov tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisiga bag‘ishlab tadbir o’tkazildi. Tadbirda fakultet talaba-yoshlari, professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

📄 Tadbirdan maqsad: talabalarni buyuk mutafakkir Bobur lirikasida yuksak va oliyjanob insoniy tuygʻular, adolatparvarlik, insonparvarlik tuygʻularini madh etgan bobomizning boy merosiga e’tiborlarini oshirish, ularda millatimizga bo‘lgan faxr va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish. Talabalar Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi va g‘azallaridan, buyuk allomamiz hayoti va ijodidan lavhalar ijro etishdi. Alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror soʻz sanʼati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan bebaho ijodidan namunalar, g’azallari ohangida qo’shiqlar ijro etildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.