#seminar
#XTD
📌 «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik asoslari» mavzusida seminar tashkil etildi.
⚡️Kuni kecha Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalari uchun «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik asoslari» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarga O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat universal birja Bosh direktori T.Sh. Valitov va «Transport iqtisodiyoti» kafedrasi dotsenti U.S. Nadirxanovlar taklif etildi. Seminarda T.Sh. Valitov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangi qabul qilingan qonunlar va tadbirkorlik faoliyatini to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berdi.
✅ Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ma’ruzachilarga murojaat qilib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.