#profilaktik_suhbat
#AvtTM
📌 Talaba-yoshlar bilan profilaktik suhbat o’tkazildi.
⚡️ Davra suhbatini Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.F. Ashurov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-bob Oilaga bag’ishlangan bo’lib, 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega” deb ko’rsatilganligi va bu esa oila hamda jamiyatning farovonligini belgilashini ta’kidlash bilan ochib berdi. Tadbir ishtirokchilari tanishtirilib, so’z navbati Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita mas’uli Z. Murodovga berildi: Ko’pni ko’rgan keksalarimiz bot-bot ta’kidlaydigan bir naql bor: “Imorat mustahkam bo’lishini istasang, poydevorini pishiq sol!”. Darhaqiqat, bizning asosiy maqsadimiz-mustahkam oilalar barpo etish va yetuk farzandlar tarbiyalash. Shunday ekan, oila deb atalmish qo’rg’onning bo’lajak bunyodkorlari – yigit-qizlarimizning unga har jihatdan tayyor bo’lishlari lozimligini unutmaylik.
✅ Talaba-yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.