Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Mehridaryo ayollar tabriklandi

#muqaddas_ayol
#AvtTM

📌 Bayram munosabati bilan bir guruh mehridaryo ayollar tabriklandi.

⚡️ Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti 8-mart Xalqaro-xotin qizlar bayrami munosabati bilan fakultetda o‘zining mehnatsevarligi bilan ozodalik va pokizalik ishlarini olib borayotgan bir guruh farrosh opa-singillarimiz tabriklandi. Fakultetimizda o‘zining uzoq yillardan buyon kamtarona mehnatlari bilan sovuqni sovuq demay, issiqni issiq demay mehnat qilib kelayotgan farrosh opa-singillarimizni tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tabriklash marosimi dekanat va kafedralar tomonidan amalga oshirildi. Bunday e’tiborli va xayrli ishlardan ko‘ngillari shod bo‘ldi va yaxshi kayfiyatlar bilan ishlarini yakunlab, xursandchilikda uylariga qaytdilar.

🌸 Ozodalik va pokizalik azal-azaldan elimizning yaxshi urf-odatiga aylangan va bundan keyin ham albatta shunday bo‘lib qoladi. Bayramingiz yana bir bor muborak aziz va muqaddas ayollar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.