#ekskursiya
#ETKM
📌 Talaba-yoshlarni yurtimizning tarixiy obidalari bilan tanishtirish maqsadida Samarqand shahriga ekskursiya uyushtirildi.
⚡️ Ushbu bahorning ilk nafis kunlarining kirib kelgani yurtimizda barcha insonlarning qalbiga mehr-muhabbat solishi aniq. Shunday kunlarning birida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti talaba-yoshlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yurtimizning tarixiy obidalari bilan tanishtirish hamda ajdodlarimizning biz uchun qoldirgan meroslarini chuqur o’rganish maqsadida Respublikamizning azim shahri Samarqandga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida talaba-yoshlarni Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, Go‘ri-Amir maqbarasi va shu kabi qator ziyoratgohlarga tashrif buyurdilar. Eng muhim jihati shundaki, talaba-yoshlar O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning istiqomat qilgan uylariga ham tashrif buyurishdi. Ular yashagan muhit bilan tanishishdi.
✅ Ziyorat davomida talaba-yoshlarga qadimiy shahar hayoti va tarixi yuzasidan gid o’z ma’lumotlarini ayamadi.