#ekskursiya
#TYTM
📌 Talaba-yoshlar tarixiy qadamjolarimizga ekskursiya qildilar.
🕌 Temir yo’l transport muhandisligi fakulteti tyutori N.T. Rahmatullayeva boshchiligida 3-kurs MMT-2 guruhi talabalari bilan dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish va ichki turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12 -mart kuni qadimiy va ko’hna Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar.
📝 Talabalarimiz O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimovning qabrini ziyorat qilishdi va tarixiy obidalar, jumladan, Go’ri Amir, Shohi Zinda, Bibixonim maqbaralarini tomosha qilishdi, buyuk bobolarimiz haqqiga duo qilishdi.
🚆Talabalar bu kabi sayohatlardan mamnun, yurtimizda qadimiy va navqiron diqqatga sazovar joylarni tomosha qilib, katta taassurotlar olishdi, yana bir tomondan talabalik oltin davrning yoshlar qalbida shirin xotiralar bilan muxrlanishiga sabab bo’ldi.