Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet va maktab hamkorligi

#universitet_va_maktab
#AvtTM

📌 Oliy ta’limning inson hayotidagi o’rni yuzasidan davra suhbati o’tkazildi.

⚡️ Mirobod tumanidagi 158-sonli umumiy ta’lim maktabida Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining “Texnologik mashinalar muhandisligi” kafedrasi mudiri K.J. Rustamov va mazkur kafedra jamoasi, maktab faollari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kafedra soati” davra suhbati tarzida tashkil etildi.

✅ Tadbirda dastavval uzluksiz ta’lim tizimi, maktab va oliy ta’limning inson hayotidagi ahamiyati haqida so‘z ochilib, Toshkent davlat transport universitetining nufuzi, kadrlar tayyorlashdagi imkoniyatlari, mavjud fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim bosqichlari haqida so‘z bordi. Shundan so‘ng fakultet tarkibidagi kafedralar, jumladan, “Texnologik mashinalar muhandisligi” kafedrasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kafedrada o‘qitiladigan fanlar va tayyorlanadigan mutaxassisliklar haqida aytib o‘tildi. Katta hayot bo‘sag‘asida turgan yoshlar uchun Toshkent davlat transport universiteti haqidagi ma’lumotlar ayni muddao bo‘ldi. Bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.