Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay!

#jaholatga_qarshi_marifat

📌 “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️ Kuni kecha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori, bosh maslahatchisi, Markaz diniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi B.O. Turaevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Markaz ilmiy xodimi S. Abduvoitov bugungi kunda muqaddas dinimizni niqob qilib olgan turli buzg‘unchi kuchlarning kirdikorlari yuzasidan so’zlab, yoshlarni voqelikka teran va chuqur mushohada yuritgan holda nazar tashlashga, hushyor bo‘lishga, ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli xulosalar chiqarishga, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga chaqirdi. Shuningdek, Markaz faoliyati, ayni paytda olib borilayotgan tadqiqotlar, nashr etilgan adabiyotlar, rejalashtirilgan ilmiy loyihalar xususida ma’lumot berib, Markaz tomonidan chop etilgan “Sahihi Buxoriy sharhi” kitobi, Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 30-juzi, Abd ibn Humayd Keshiyning “Musnadi Keshiy” asarlari hamda buyuk allomalarimiz haqidagi xalqchil risolalar va “10 ta haqiqat” plakatlari taqdimot qilindi.

✅ Ma’ruzachilar tomonidan ilm va ma’rifat haqidagi hadislardan namunalar keltirildi hamda buyuk mutafakkirlarimiz boy ilmiy-ma’naviy merosini asl holatida o‘rganishning bugungi kundagi yuksak ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ishtirokchilarga bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga bo‘lgan doimiy ehtiyoj nuqtai-nazaridan kelib chiqib, ilm va ma’rifatning yuksak ahamiyati borasida hayotiy misollar asosida tushunchalar berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.