Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Zangiotaga ekskursiya

#ekskursiya
#TYTM

📌 Talaba-yoshlar Zangiota ziyoratgohiga ekskursiya qildilar.

🔊 Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti TVM-2 guruh talaba-yoshlar Toshkent viloyatida joylashgan muqaddas qadamjo — Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

📝 Ushbu ziyoratgoh O’rta Osiyodagi noyob obidalardan biri Zangi ota nomi bilan mashhur bo’lgan so’fiylik targ’ibotchisi shayx Oyxo’ja ibn Tojxo’ja sharafiga shunday ataladi. Zangi otaning asli tug’ilgan va yashagan maskani Shosh viloyati bo’lib, Toshkent bilan Qovunchi oralig’idagi Zangi ota nomli qishloq. Zangi ota Toshkent shahrining Samarqand Darboza ko’chasidagi «Zangi ota» mahallasida tug’ilib, o’sgan degan taxminlar ham bor. Oyxo’ja Ibn Tojxo’janing “Zangi” iborasi bilan nisbat berilishi, u kishi qora tanli bo’lganining ramziy ifodasi. Rivoyatlarga qaraganda, Zangi ota cho’ponlarning piri «avliyo» qiyofasida gavdalanadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Zangi ota Ahmad Yassaviyning muridi, so’fiy shoir Sulaymon Hakim Boqirg’oniyning shogirdi bo’lgan. Talabalar shunday ma’lumotlarga ega bo’lib qaytdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.