#Xotin_qizlar_kengashi
📌 «Buvijonim kiygan liboslar» mavzusida ma’naviy-marifiy va badiiy tadbir tashkil etildi.
⚡️Universitet Xotin-qizlari masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi F.I. Mamurova hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamkorlikda 5-sonli Talabalar turar joyida «Buvijonim kiygan liboslar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlov o’tkazildi.
📎 Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarimizni ma’naviyatida tarixiy qadriyatlarimizga bo’lgan e’tiborini oshirish, kelajakda ular barkamol inson bo’lib tarbiya topishiga erishishdir. Barchamiz bilamizki, libos — kishining tashqi ko’rinishi, ma’naviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki hislatlarini o’zida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Xalqimizning shunday udum va an’analarini tarannum etgan holda tashkil etilgan tadbir g’oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar:
🥇1-o’rin: Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti AEA-12 guruh talabasi Minajatdinova Zaynab;
🥈2-o’rin: Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti TVI-3r guruh talabasi Sultonova Munisa;
🥉3-o’rin: Qurilish muhandisligi fakulteti KI-1 guruh talabasi Abdullaxo’jayeva Xulkaroy .