#Xotin_qizlar_kengashi
📌 «Sog’lom turmush tarafdorimiz!» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
⚡️Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi F.I Mamurova hamda universit talaba-yoshlari bilan «Sog’lom turmush tarafdorimiz» mavzusida tadbir tashkil etildi.
🖇 Tadbir davomida hayot, umr, turmush va sog’lik masalalarida har birimiz oz bo’lsada mulohaza yuritildi. Deyarli har bir kishi ertami-kechmi sog’lik bilan bog’liq bo’lgan muammoga duch keladi. Chunki, kishilar o’rtasida uchrayotgan o’limning asosiy sababchisi kasalliklar va baxtsiz hodisalar bo’lib, deyarli hamma hollarida barvaqt o’lim sodir bo’ladi. Sog’ligidan ajralgan inson har doim kasalliklar va uning mudhish oqibati – o’lim oldida yolg’iz qoladi. Hayotdagi bir achchiq haqiqat shundan iboratki, har bir kishining sog’ligi uning o’zidan boshqa hech kimga kerak emas va bu haqda uning o’zidan boshqa hech kim qayg’urmaydi. Ma’lum darajada uning sog’ligi haqida ota-onasi hamda yaqin qarindoshlari qayg’urishi mumkin. Lekin ularning qayg’urishi ham ko’pchilik hollarda hamdard bo’lish va afsuslanishdan boshqaga o’tmasligi ta’kidlab o’tildi.
📎 Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, sog’lik yo’lidagi harakatda faqat bitta to’g’ri yo’lni ko’rsatish, salomatlikni saqlash va mustahkamlash ilmi va amalini har birimiz yaxshi bilishimiz va ularni kundalik turmushimizda qo’llay olishimizdan iborat. Buni anglash va tushunish hozirgi kunda nihoyatda muhim.