Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Odob-axloq normalari

#uchrashuv
#SirtqiT

📌 Sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan odob-axloq normalari yuzasidan suhbat bo’lib o’tdi.

⚡️ Bugun 13-may kuni Sirtqi ta’lim shaklidagi talabalar uchun odob-axloq qoidalari, korrupsiyasiz ta’lim tizimi, yo’l harakati qoidalari yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rfiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor D.X. Baratov ochib berdi va kun mavzusi hamda taklif etilgan mehmonlar bilan talabalarni tanishtirdi.
So’ng taklif etilgan mehmonlardan Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati boshlig’i Q.X. Pulatovich yo’llarda yurish, to’xtash, svetaforda yurish qoidalari haqida batafsil tushunchalar berib o’tdilar.
So’z navbati Mehnat faxriysi B.O. Eshnazarovichga berildi va u talabalarni faqat o’qishga chorlab qoldi.
Transport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i B.Q. Qoraboyevich hamda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi S.B. Ruzikulovichlar talabalarni ogohlikka va tinmay izlanishga chorlab qoldilar.

✅ Uchrashuv juda qiziqarlu, munozaralarga boy tarzda yakunlandi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.