Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitetda kutubxonachilar kuninishonlandi!

#kutubxonachilar_kuni

📌 Universitetda bir necha yillardan buyon «O’zbekiston Respublikasi kutubxonachilari kasb bayrami» keng nishonlanadi. Shundan an’anani davom ettirgan holda kuni kecha 19-may kuni Toshkent davlat transport universitetida kutubxonachilar kuni nishonlandi.

📝 Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A. Gulamov ochib berdi va kutubxonachi xodimlarni kelayotgan bayram bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga katta yutuq va zafarlar tiladilar. Keyingi so’z navbati Kasaba uyushmasi raisi I. Xolboyevga va O’zbekiston davlat drama teatri oliy toifali akstrisasi, «Do’stlik» ordeni sohibasi G. Payziyevalarga berildi. Mehmon tadbir ishtirokchilarini o’z ijodi bilan bahramand qilibgina qolmay, ularni kasb bayrami bilan qutladi.

🔮 Ko’taringki ruhda davom etgan tadbirda Axborot-resurs markazi xodimlari universitet kasaba uyushmasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🎗Uzoq vaqt halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun Axborot-resurs markazining bir nechta xodimlari A.A. Gulamov tomonidan Tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.