Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashamiz!

#davra_suhbati
#AYM

📌 «Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📲 Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo‘ldi. Uning bizga ma’lum bo‘lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganidan ko‘z yuma olmaymiz. Mamlakatimizda kiberjinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashni olib boruvchi vakolatli davlat idoralariga ham muayyan vazifalar yuklanishini alohida ta’kidlash lozim.

📋 Kuni kecha Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakultetida talabalariga Toshkent shahar IIBB ATSJKQB Mirobod tumani mas’ul xodimlari mayor SH.X. Sagdullayev va leytenant M.M. Mirdjalilovlar «Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish» bo‘yicha suhbat o‘tkazdilar.

📎 Xususan, ular kiberjinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida talabalarni ogoh bo’lishlarini, plastik-karta raqamlarini va sms kodlarni hech kimga tarqatmasliklarini qat’iyat bilan tushuntirib o’tdilar. Suhbat davomida talabalar o’zini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.