#tashabbus
#TTB
📌 «Eng yaxshi harakatni tashkil etuvchisi» tanlovi o’tkazildi.
⚡️ «Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish» kafedrasi tomonidan «Eng yaxshi harakatni tashkil etuvchisi» musobaqasi o’tkazildi. Tanlovda jami 8 ta jamoa ishtirok etishdi va ikkita shart bo’yicha bahslashishdi. So’nggi natijalarga ko’ra, «Yosh logistlar» va «Logistlar» jamoalari faxrli 1- o’rinni, «Dispetcher» jamoasi 2- va «TLT-4» jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritishdi. Tanlov g’oliblar pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi. Yosh temir yo’lchilarni kelajakdagi kasblarida dadil qadam tashlashlari uchun mazkur va shunga o’xshash bundan keyingi tanlovlar o’z hissasini qo’shadi deb umid qilamiz!