#Xotin_qizlar_kengashi
📌 Talaba-qizlar bo’sh vaqtida turli sport musobaqalari bilan mashg’ul.
⚡️ Toshkent Davlat Transport Universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi F.I. Mamurova Qurilish muhandisligi fakulteti faol talaba-qizlarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida qizlar bilan birgalikda velosport bilan shug’ullanishdi.
🖇 Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarimizni sportga jalb etish va bo’sh vaqtini samarali tashkil etishdan iborat. Talaba-qizlarimiz bundan juda xursand bo’lishdi va o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Kelgusida talabalar safini kengaytirib, yanada ko’p bunday sport musobaqalarini tashkil etishni maqsad qildilar.