Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Bolalar — kelajagimiz davomchilari!

#bolalar_kuni
#AYM

📌 “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan «Bolalar — kelajagimiz davomchilari!» shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

📆 1-iyun yozning ilk kuni — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti dekani
A.X. O‘roqov tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🌈 Dunyoda bolajonlar kulgusi-yu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan, murg‘ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rgatishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodati va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir. Tadbir davomida har xil musobaqalar uyushtirilib g‘olib bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.

👶 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram kabi nishonlanadi. Ushbu bayram ham shunday ko’taringki ruhda yakunlandi, ularga esdalik sovg’alari topshirildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.