#bolalar_kuni
📌 Mehribonlik uyida «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.
⚡️ Garchi kunlar har xil bo‘lsa-da, bu sanalarning hammasi irqi, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, terisining rangidan qat’i nazar, alohida sana belgilash orqali bolalarni himoya qilish, ularni sifatli tibbiy xizmat, ta’lim, yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlash borasida xalqaro e’tiborni qaratish maqsad qilingan. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Shunday maqsadda Toshkent davlat transport universiteti faollari 30-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining qalbiga yo’l topish, bayram kunlari quvonchiga sherik bo’lish maqsadida bayram dasturi tashkil etdilar. Bolajonlarni universitet rektori O.K. Abduraxmanov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D.X. Baratovlar bayram munosabati bilan iliq tabriklarni yo’lladilar. Shundan so’ng dastur davomida bir guruh san’atkorlar o’z ijod namunalari bilan bolajonlarni shod ayladi.
✅ Bayram dasturi davomida ularga dasturxon yozildi va ular o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bolajonlar — keljagimiz egalari! Ularni himoya qilish bizning burchimizdir.