Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ko’makka muhtoj yoshlar bilan uchrashuv

#uchrashuv

📌 Universitet rahbariyati ko’makka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.

⚡️ Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada aniq va manzilli tashkil etish maqsadida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 9 mln. nafar o‘g‘il-qiz alohida e’tiborga olindi. Davlat ko‘magiga muhtoj yoshlar har bir vazir va uning o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga nomma-nom biriktirildi. Ular o‘z himoyasidagi o‘g‘il-qizlarning kasb-hunar o‘rganishiga, kredit, subsidiya va kafillik olish orqali bandligiga ko‘maklashishi belgilandi.

📑 Bu borada barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Toshkent davlat transport universitetiga ham 50 nafar e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga ko‘maklashish borasida aniq mezonlar asosida ish tashkil etilishi boshlab yuborildi.

📆 Kuni kecha universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.A. Gulamov boshchiligida Iqtisodiyot fakulteti dekani M.N. Masharipov, tegishli bo‘lim va mas’ullar Mirobod tumanining «Baynalminal» MFY, «Temiryo‘lchilar» MFY, «Yangi Qo‘yliq» MFY, «Tong yulduzi» MFYlarda istiqomat qiluvchi bir qator yoshlar bilan uchrashdi.

🎗Uchrashuvda yoshlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning istaklari va muammolari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va mulohazalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Shu bilan birga, universitet rahbariyati tomonidan yoshlarga universitet suv havzasidan bepul foydalanishga yo‘llanma, badiiy adabiyotlar taqdim etildi hamda moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.