#konferensiya
📌 Universitet xodimlari Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
⚡️Asrlar davomida ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda so‘nggi yillarda mamlakatimizda gender tengligi, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash masalasida juda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotir.
Shu maqsadda Joriy yilning 7-iyun kun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Bunda «Oilada qadriyatlarning o’rni» mavzusida Toshkent davlat transport universiteti «Xalqaro ommaviy xuquq» kafedrasi dotsenti va «Olima ayollar uyushmasi» raisi N.Sh. Yunusova va «Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi N.Sh. Xodjayevalar ishtirok etib, o’z maruzalari bilan faol ishtirok etishdi.