Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Uy-muzeyga ekskursiya

#ekskursiya
#AvtTM

📌 Yoshlar oyligi doirasida talaba-yoshlar Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga ekskursiya qildilar.

⚡️ Joriy yilning 14-iyun kuni Shayxontoxur tumani Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga Avtomobil transporti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.F. Ashurov boshchiligida tyutorlar va 1-4 — bosqich talabalardan iborat jamoa bilan tashrif buyurdilar. Tashrif davomida A. Qodiriy uy-muzeyi direktori X.H. Qodiriy adib hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Ilmiy xodim M. Shomansurova va B. Haydarov talabalarni uy-muzey tarixi bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Ushbu tashrif davomida 4-bosqich talabalari tomonidan S.A. Axatov va E.A. Xakimovlar adib sh’erlari hamda o‘zlarining ijodi va adibning asarlari haqida tashrif buyurilgan talabalarni bahramand ayladilar.

✅ Tadbir davomida talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu zakovat intellektual o‘yinlarida A.Qodiriyning ijod yo’li haqida tuzilgan savollarga talabalarimiz javob berdilar.
Tanlovda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
Muhandislar;
Beklar;
Transportchilar;
Avtoservis.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o‘rin: Beklar jamoasi;
2-o‘rin: Muhandislar jamoasi;
3-o‘rin: Transportchilar jamoalari qo‘lga kiritdi.

🎗 G‘olib bo‘lgan jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu tashkil qilingan tadbirdan talabalarimiz xursand bo‘ldilar va bu tashrifni tez-tez tashkil qilib turishga har ikki tomon kelishib oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.