#yoshlar_oyligi
📌 «Vatanparvar» tashkiloti bilan hamkorlikda turli sport musobaqalari tashkil etildi.
⚡️ Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, sog‘lom e’tiqodli, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
🎗 Tashkilot tomonidan aholi, ayniqsa yoshlarni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalash, ularni sportning texnik va amaliy turlariga jalb etish hamda ommaviy texnik kasb mutaxassisliklariga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida axborot berildi. “Vatanparvar” tashkilotining zamonaviy yengil va yuk o‘quv avtomobillari, sinf xonalari, sport texnikalari karting, mototsikllar, sport avtomobillarining ko‘rgazmali namoyishlari, sport seksiyalari a’zolarining faoliyatidan namunalar taqdim etildi.
🎯 “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tomonidan havo miltig‘idan o‘q otish sport turi bo‘yicha musobaqasida dekan, dekan o’rinbosarlari hamda talabalar va tyutorilar ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni ЕAM-4 guruh talabasi I. Yangieva, 2-o‘rinni ЕAM-5 Q. Tursunov, 3-o‘rinni Yo‘lbarslar jamoasi qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘oliblariga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅ Shuningdek, tadbir davomida aviamodel, o‘q otish, avtosport, motosport, karting sport turlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil qilinib, yoshlarga tashkilot faoliyatiga oid infografikalar tarqatildi.