Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Tanishtiruv haftasi

#tanishtiruv_darsi
#AYM

📌 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv darslari olivb borildi.

⚡️Sentabr oyining birinchi haftasida «Birinchi kurs maktabi” tadbiri doirasida Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti dekani A.X. O’riqov va fakultet mas’ullari tomonidan 1-bosqich talabalariga universitet kredit-modul tizimi va Hemis platformasi, rasmiy telegram kanallari, universitetning ichki-tartib qoidalari, o‘qishda kontrakt to‘lovlari, talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalari hamda fakultet binosida joylashgan kafedra va laboratoriyalar bilan tanishtirib, ma’lumotlar berib o’tildi. Tadbir soʻngida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

🏛Toshkent shahrida joylashgan qadamjolar orasida muzeylarning o’rni alohida ahamiyatga egadir. Qadimiy va tarixiy, noyob va qimmatbaho ekspanatlar vatanimiz o’tmishidan hikoya qilib turadi. Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti talabalari birgalikda muzeylarga ekskursiyalar tashkillashtirishmoqda. Fakultet tyuoti M.T. Kazakbayeva tashabbusi bilan o’ziga biriktirilgan 1-bosqich YMSH-7 guruh talabalari bilan birgalikda Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Temir yo’l texnika muzeylariga ekskursiya tashkillashtirildi.

🔺 Ekskursiya davomida talabalar qiziqarli tarixiy ma’lumotlardan bahramand bo’lishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.