#rahbar_va_yoshlar
#QurilishM
📌 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
⚡️ Joriy yilning 13-sentabr kuni Qurilish muhandisligi fakultetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Talabalar bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinvhi prorektor hamda fakultet mas’ullari ishitorkida tanishtiruv hamda ma’naviy-axloqiy darslar o’tilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Mas’ullar talabalikka qadam qo’ygan yoshlarga universitetdagi tartib-qoida, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirdilar.
🖍— Aynan shu kunlarda, 1-kurslar uchun o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanishi ma’lum bo‘lgan paytlarda bunday suhbatlarning o‘tkazilayotgani biz uchun ayni muddao bo‘ldi, — deydi fakultet talabalaridan biri. — Chunki biz, talabalarda bu bilan bog‘liq savol va muammolar bor edi. Muloqot davomida ana shularga yechim oldik.
Muloqot so‘ngida onlayn muloqotlar doimiy ravishda tashkil etilishi aytib o‘tildi.